Xorazmda 5 kun va mediaga yangicha qarash (foto)
Joriy hafta davomida Xorazmdagi Yoshlar markazi zallari oddiy trening joyi emas, balki fikrlar to‘qnashgan, g‘oyalar tug‘ilgan va kontent real vaqtda yaratilgan jonli maydonga aylandi.
Kimdir birinchi marta kamerani qo‘lga oldi, kimdir o‘z kontentiga boshqacha ko‘z bilan qarashni o‘rgandi, yana kimdir esa auditoriya bilan muloqot qilish uslubini butunlay o‘zgartirdi. Eng muhimi — ishtirokchilar amalda qo‘llash mumkin bo‘lgan media instrumentlari bilan qaytdilar.
Mediahaftalik shunchaki o‘quv emas, balki media muhitda qanday fikrlash va qanday ishlash kerakligini his qildirgan jarayonga aylandi. Bu yerda kontent yaratish — faqat vazifa emas, balki mas’uliyat va ta’sir ekani yana bir bor anglandi.
Ma’lumot o‘rnida: kelasi haftada «Media haftalik» mayog‘i Surxondaryo viloyatiga yo‘l oladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter