Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yana bir yo‘nalish uchun «Zulfiya» mukofotini berish taklif qilinyapti

Yana bir yo‘nalish uchun «Zulfiya» mukofotini berish taklif qilinyapti

Foto: “Daryo”

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi Zulfiya nomidani davlat mukofotini tibbiyot (meditsina) sohasi uchun alohida yo‘nalish sifatida berishni nazarda tutuvchi Prezident farmoni loyihasini e’lon qildi.

Ushbu loyihaning qabul qilinishi natijasida tibbiyot yo‘nalishida alohida yutuqlarga erishgan iqtidorli xotin-qizlarni Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlab borish yo‘lga qo‘yiladi.

Loyihada, jumladan, 1999-yil 10-iyundagi «Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini ta’sis etish bo‘yicha takliflarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida»gi PF-2326-son Farmonga tegishli o‘zgartirishlarni kiritish hamda Davlat mukofoti bilan taqdirlab borish bilan bog‘liq xarajatlarning moliyalashtirish manbalarini belgilash kabi masalalar hal qilingan.

O‘z navbatida, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasiga uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Hukumatga takliflar kiritishi belgilanmoqda.

Ma’lumot uchun, ushbu loyiha Prezident Mirziyoyevning 2025-yil 1-2 may kunlari Xorazm viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar bo‘yicha 25-sonli Bayonning 87-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan.

Manba: regulation.adliya.uz

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring