Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangi vazir tonggi soat 04:30da shoshilinch yig‘ilish o‘tkazdi

Yangi vazir tonggi soat 04:30da shoshilinch yig‘ilish o‘tkazdi

Foto: SSV matbuot xizmati

Sog‘liqni saqlash vaziri Behzod Musayev boshchiligida ishchi guruh tuzilib, 13 noyabr tunda poytaxt shifoxonalaridagi vaziyat o‘rganilgan. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

Shundan so‘ng 14 noyabr tonggi soat 04:30da Toshkent shahrida bolalar o‘rtasida o‘tkir respirator kasalliklar tarqalishi bilan bog‘liq muammolarni zudlik bilan bartaraf etish maqsadida Sog‘liqni saqlash vaziri boshchiligida shoshilinch yig‘ilish o‘tkazilgan.

«Natijada o‘sha kunning o‘zida o‘rganish xulosalari tahlil qilinib, poytaxtdagi shifo maskanlarida 600 dan ziyod qo‘shimcha o‘rin-joylar tashkil etildi hamda ona va bolalarga davolanishlari uchun yetarli sharoitlar yaratildi», deyiladi vazirlik xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring