Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yangiyo‘ldagi hovlidan 50 tup ko‘knori topildi

Yangiyo‘ldagi hovlidan 50 tup ko‘knori topildi

Foto: «sof.uz»

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida o‘tkazilgan «Qoradori - 2018» tezkor tadbirlari davomida bir qator qonunbuzarliklar fosh etildi. Bu haqda «Xalq so‘zi» yozmoqda.

Fuqaro M.R.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, bu yerdagi tomorqada 6 tup kannabis hamda 50 tup ko‘knori o‘stirilayotganligi aniqlangan.

Xonadonda «hosil» saqlanayotgan bankalar ham topildi. Ularning birida 4,7 gr. quritilgan ko‘knori guli va ko‘saklari, ikkinchisida 30,9 gr. Marixuana borligi aniqlandi. Hovlidagi tandirxonada esa 44,9 gr. ko‘knori poyalari eski choponga o‘ralgan holda yashirib qo‘yilgan ekan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring