Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Biryo‘la ikki xotini uchun 220 mln. so‘m aliment pullari oldindan to‘landi

Biryo‘la ikki xotini uchun 220 mln. so‘m aliment pullari oldindan to‘landi

Foto: MIB

Majburiy ijro byurosi tomonidan dolzarb bo‘lgan aliment to‘lovlarini undirish davrida, o‘z mas’uliyatini to‘la his etgan yoki aksincha alimentdan qochish uchun turli yo‘llarni qidirayotgan shaxslar ko‘plab uchraydi.

Ammo, o‘z mas’uliyatini his etgan otalar ham bor. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining 24.04.2019 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor A.R. dan undiruvchilar — sobiq turmush o‘rtoqlari L.K. va D.S. foydasiga voyaga yetmagan farzandlari ta’minoti uchun oylik ish haqi va boshqa daromadlaridan har biri uchun 1/6 qismi miqdorida aliment undirish belgilangan.

Davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan ijro harakatlari natijasida tomonlar o‘zaro kelishib, ijro ishi yuzasidan oldindan 5 yil uchun har bir undiruvchi foydasiga 110 mln. so‘mdan, jami 220 mln. so‘m aliment pullari undirib berildi va ish yakunlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring