Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yoshlar Ittifoqi ochlik e’lon qilmoqchi bo‘lgan tadbirkor masalasida bayonot berdi

Yoshlar Ittifoqi ochlik e’lon qilmoqchi bo‘lgan tadbirkor masalasida bayonot berdi

Foto:«Xabar.uz»

Bugun  qator ijtimoiy tarmoqlarda jizzaxlik tadbirkor,  «Jizzax Real qurilish ta’mir» MChJ rahbari  Shuhrat Sotvoldiyev  O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi (YoI) Markaziy kengashi binosi oldida ochlik e’lon qilishiga xabarlar tarqaldi.

Gap shundaki, Jizzax shahridagi «Yoshlar innovatsion markazi»da qurilish va rekonstruksiya  ishlarini amalga oshirgan tadbirkor  bir yarim yildan buyon 9 milliard so‘mga yaqin  pulini  ololgani yo‘q. Yoshlar Ittifoqi mutasaddilari uni sarson qilayotgani, masalaga hatto sud qarori bilan yechim topilmayotgani haqida  Kun.uz saytida tanqidiy maqola e’lon qilingan.

Shundan keyin ham o‘zgarish bo‘lmagach, tadbirkor shu yilning 15-dekabridan Yoshlar Ittifoqi Markaziy kengashi binosi oldida ochlik e’lon qilishini bildirdi.

Oradan ko‘p o‘tmay YoI Markaziy kengashi matbuot xizmati vaziyat yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

Unda aytilishicha, shu kunga qadar «Yoshlar qurilish invest» MChJning   «Jizzax Real qurilish ta’mir» MChJ oldidagi qarzdorligining jami 7,9 mlrd. so‘m qismi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan qoplab berildi. Yana 1,5 mlrd. so‘m qismi esa Jizzax viloyati hokimligi tomonidan ajratilgan.

Shuningdek,  bayonotda tegishli mutaxassislar ishtirokida «Yoshlar qurilish invest» MChJning faoliyati bo‘yicha o‘rganish o‘tkazilgani, unda qator moliyaviy kamchiliklar aniqlangani ham qayd etiladi. Aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha MChJ mas’ul xodimlaridan tushuntirish xatlari olindi. Bugun, 16:00da ushbu holat kollegial organda muhokama qilinadi.

YoI Markaziy kengashi matbot xizmati  quruvchi haqini o‘zi so‘ragan muddat ichida to‘liq olishini takror bildirar ekan, muammoning shu darajaga kelib qolishiga sababchi bo‘lgan va bugun hech kimning ko‘ziga ko‘rinmasdan, o‘z manfaati yo‘lida «suvni loyqalatayotganlar» albatta qonun oldida javob berajagini ham bildiradi. Bundan tashqari, jurnalistlar va blogerlarga murojjat qilib, adolat qaror topishi tarafdori sifatida ortiqcha shov-shuv ko‘tarmaslikni ham so‘raladi bayonotda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring