Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yulduz Usmonovaning «otinoyi»ligi jamoatchilikning keskin tanqidiga uchramoqda

Yulduz Usmonovaning «otinoyi»ligi jamoatchilikning keskin tanqidiga uchramoqda

Foto: «Odnoklassniki»

O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning ijtimoiy tarmoq orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri «dindan dars o‘tgani» foydalanuvchilarning keskin e’tiroz va tanqidlariga sabab bo‘lmoqda. Xonanda diniy mavzuda savol-javob qilar ekan, gap orasida hadislardan birini «noto‘g‘ri» deyishgacha boradi.

«Facebook» ijtimoiy tarmog‘ining «Xalq bilan muloqot guruhi»da Yulduz Usmonovaning «amri ma’rufi» hamon muhokamadan to‘xtagani yo‘q.

Bildirilayotgan munosabatlar orasida shunaqalari ham borki, ularni na aytib bo‘ladi, na yozib...

Islom — o‘ta nozik va hassos mavzu. Inson e’tiqodi bilan bog‘liq masalada bilib-bilmay aytilgan bir og‘iz gap turli tushunmovliklarga sabab bo‘lishi mumkin. Shu bois hatto tan olingan ulamolar ham mas’uliyat zalvoridan ayni mavzuda yetti emas, yetmish o‘lchab, bir kesgan holda gapirishga intilishadi, boshqalarni shunga da’vat qilishadi.

Shunga qaramay, maxsus diniy ta’lim olmagan, balki sho‘x-sho‘x yallalari bilan tanilgan qo‘shiqchining mazkur chiqishiga vakolatli tashkilotlar, xususan, O‘zbekiston musulmonlari idorasi rasman munosabat bildirgani yo‘q.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring