Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda iste’molchilar huquqlarini yangi agentlik himoya qiladi

O‘zbekistonda iste’molchilar huquqlarini yangi agentlik himoya qiladi

O‘zbekiston Respublikasi Normativ-huquqiy hujjatlarning muhokamasi portaliga Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident farmoni loyihasi joylashtirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan tayyorlangan mazkur loyihada O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi tashkil etilishi ko‘zda tutilgan. Agentlikning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida hududiy bo‘limlari bo‘ladi.

Agentlik iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshirishga mas’ul maxsus vakolatli davlat organi bo‘ladi. U shuningdek, reklama bozorini ham nazorat qiladi.

Farmon loyihasi 6-iyuldan muhokamaga qo‘yildi va u 21-iyulgacha davom etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring