Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Zaynilobiddin Nizomiddinovni vodiydagi bozorda uchratib qolishdi

Zaynilobiddin Nizomiddinovni vodiydagi bozorda uchratib qolishdi

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi Qudratilla Rafiqov va uning birinchi o‘rinbosari Zaynilobiddin Nizomiddinov Marg‘ilonning dehqon bozoriga borishdi.

Farg‘onalik jurnalist Muhammadjon Obidovning yozishicha, u kutilmaganda «yuqorining galstuksiz odamlari»ni bozorda uchratib qolgan.

Bozordagi shaftoli sotuvchisi unga «mehmonlar 1 kilo shaftolini 12 so‘mdan sotib olib, miriqib yeyishgani»ni aytadi.

Obidovga ko‘ra, Qudratilla Rafiqov va Zaynilobiddin Nizomiddinovning atrofida kuch ishlatar tizimdan biron kishi, hatto uchastka inspektori ham bo‘lmagan, ular Marg‘ilonning kechki bozorida «xaridor» bo‘lib sotuvchilar, boshqa xaridorlar bilan kundalik turmush, narx-navo, Ukraina, Qoraqalpoq voqealari, Konstitutsiyaviy o‘zgarishlar haqida so‘zlashishgan.

Eslatib o‘tamiz, Zaynilobiddin Nizomiddinov Prezidenti Administratsiyasi rahbari lavozimidan ozod etilib, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring