Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zaynilobiddin Nizomiddinov yangi lavozimni egalladimi?

Zaynilobiddin Nizomiddinov yangi lavozimni egalladimi?

Nizomiddinov Zaynilobiddin Shaxobbidinovich Bosh vazir kotibiyati mudiri lavozimiga tayinlangani haqidagi xabar o‘z tasdig‘ini topmadi.

Eslatib o‘tamiz, u O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari hisoblanadi.

Zaynilobiddin Nizomiddinov avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari lavozimida bir necha yil ishlagan, salomatligi tufayli boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan bu lavozimdan ozod etilgandi.

Avvalroq shu vaqtga qadar Bosh vazir kotibiyati mudiri lavozimida ishlagan Abdurashid Jo‘raboyev O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga raisi etib tayinlangani xabar qilingandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring