Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Zoir Mirzayev dalani payhon qilgan qo‘ylarni so‘yishni buyurgani xabar qilindi (video)

Zoir Mirzayev dalani payhon qilgan qo‘ylarni so‘yishni buyurgani xabar qilindi (video)

Foto: Agronet.uz

Qashqadaryoda dalani payhon qilgan qo‘ylar so‘yildi. Bu haqda Muxbir.uz kanali xabar berib o‘tdi.

Videoda chiqish qilgan mas’ulning aytishicha, mazkur o‘zboshimchalik viloyat hokimi tomonidan buyurilgan.

Video muallifining ma’lumot berishicha, videoda chiqish qilgan mas’ul viloyat qishloq xo‘jaligi inspeksiyasi boshlig‘i Akrom Aripov.

Akrom Aripovning aytishicha, u Nishon tuman IIB boshlig‘i bilan birga tumanning Ibn Sino hududidagi «Otamurod ota» fermer xo‘jaligida bo‘lib, dalani payhon qilgan 21 bosh qo‘y egasini topgan.

Video davomida Akrom Aripov qo‘ylar Zoyir Mirzayev topshirig‘iga ko‘ra so‘yilayotganini aytib, go‘shti kam ta’minlangan oilalar va qishloq xo‘jalik texnikalarini ta’mirlayotgan ustalarga berilishini aytadi.

Dalani payhon qilgan qo‘ylar topilishi yaxshi, albatta. Ammo sud qarorsiz o‘zgalar mulkini so‘yib, tarqatish qaysi qonunda ko‘rsatilgan? Mulk daxlsizligi nima bo‘ladi?

Qashqadaryo hokimi bir vaqtning o‘zida sud ham bo‘la oladimi?

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring