Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Zoyir Mirzayevning yana bir birinchi o‘rinbosari ishdan ketdi

Zoyir Mirzayevning yana bir birinchi o‘rinbosari ishdan ketdi

Toshkent viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Erkin Muhitdinov ham prezident yig‘ilishida ishdan olindi.

Yig‘ilishda viloyatda kambag‘allikni qisqartirish rejalari ko‘rib chiqildi.

Prezident viloyatda “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida kelasi yili 116 ming aholini kambag‘allikdan olib chiqish bo‘yicha hisob-kitoblarni ma’qullamadi.

“Bor imkoniyatlar va yaratib berilayotgan sharoitlar hisobiga viloyatda kambag‘al oila qolishini o‘zi uyat”,- dedi davlatimiz rahbari. 

Masalan, Toshkent viloyati kichik biznes orqali aholi ishli qilish bo‘yicha respublikada eng oxirgi o‘rinlarda turibdi. Viloyat sanoatining atigi 25 foizi kichik biznesga to‘g‘ri keladi. Yoki, oilalar daromadida kichik biznes ulushi 1,5 foizni tashkil qiladi.

Viloyatdagi 12 ming vakant o‘rinning 2 mingtasi obodonlashtirish, gul ekish, ko‘cha supirish kabi malaka talab etilmaydigan mehnatga mansub. Lekin, ish izlab yurgan 2 ming aholini bu ishlarga jalb qilish o‘rniga, ularga har yili 4 milliard so‘m ishsizlik nafaqasi to‘lanmoqda.

Faoliyatidagi kamchiliklar va sohadagi ishlar qoniqarsiz olib borilayotgani uchun viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari E.Muxitdinov lavozimidan ozod etildi.

Avvalroq,  Botir Alimbekov Toshkent viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimidan olingandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring