Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qatar-2022 Lionel Messi faoliyatidagi so‘nggi jahon chempionati bo‘ladi

Qatar-2022 Lionel Messi faoliyatidagi so‘nggi jahon chempionati bo‘ladi

Foto: Associated Press

Bugun Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi.

«So‘zsiz, bu men uchun so‘nggi jahon chempionati, uni yutish uchun oxirgi imkoniyat»,dedi yetti karra «Oltin to‘p» sohibi.

Jahon chempionati guruh bosqichi birinchi turini Argentina terma jamoasi ertaga, 22-noyabr kuni Saudiya Arabistoniga qarshi o‘yin bilan boshlaydi.

«Faoliyatimdagi eng baxtli onlar shumi, bilmayman, biroq o‘zimni juda yaxshi his etyapman. Mundialning har bir lahzasidan yuqori darajada zavqlanib qolishga harakat qilaman. Ilgari bunga vaqtim bo‘lmagan», — ta’kidladi Messi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring