DXX Toshkent tumani hokimi o‘rinbosarini qo‘lga oldi
Toshkent tumani hokimi o‘rinbosari qo‘lga olindi.
Toshkent viloyati Toshkent tumani hokimi o‘rinbosari tadbirkorga qurilish texnologiyalari va kompozit eshiklar ishlab chiqarish sanoat majumasi tashkil etishi uchun tuman hokimligi balansida bo‘lgan 1 gektar yer maydonini davlat aktivlarini boshqarish tizimidagi tanishlari orqali auksion savdolarga chiqarib, olib berishni va’da qilgan. Buning evaziga 25 ming AQSh dollari talab qilgan.
Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda hokim o‘rinbosari so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Holat yuzasidan mazkur mansabdor shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi «g» bandi hamda 28,211-moddasi 3-qismi «a» bandi jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter