Shaxmat toji uchun bahs oldidan Sindorov yaqqol ustunlikka ega
Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) shaxmat toji uchun kechadigan bahs oldidan o‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorov va hindistonlik amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommaraju o‘rtasidagi o‘zaro uchrashuvlar statistikasini e’lon qildi.
Statistikaga ko‘ra, Sindorovning klassik formatda yaqqol ustunligi ko‘zga tashlanadi — unda o‘zaro uchrashuvlar hisobi vakilimiz foydasiga yirik 2,5 : 0,5 ko‘rinishida. Blits yo‘nalishida ham Javohir oldinda — 2:0. Rapidda esa kichik ustunlik Gukesh tomonida (1:0).
Shaxmat bo‘yicha jahon chempionligi (Salesforce FIDE World Championship 2026) unvoni uchun markaziy bahsga joriy yilning 24-noyabr — 12-dekabr kunlari Shveysariyaning Jeneva shahri mezbonlik qiladi. O‘shanda har ikki grossmeyster ham 20 yoshda bo‘ladi.
Posmotret etu publikatsiyu v Instagram


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter