Qamaşida kelinning ölimida ayblangan qaynonaga hukm öqildi
Qaşqadaryo viloyati Qamaşi tumanida kelinini muntazam urib, haqoratlagan, yaqinlari bilan muloqotini çeklagan hamda uni özini özi öldiriş darajasiga yetkazgan qaynona 5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda mazkur iş böyiça sud hukmiga asoslanib xabar berildi.
Qayd etilişiça, 1976-yilda tuğilgan G.Ç. 2023-yilning kuzida öğli X.M.ni Ye.A.ga uylantirgan. Şundan söng ular bir xonadonda yaşay boşlagan. Eri va öğlining daromadlari hamda oilaning boşqa mol-mulkini boşqarib kelgan ayol keliniga ham öz talablarini ötkazib, uni haqoratlagan, urgan, huquq va erkinliklarini çeklagan.
2024-yilning oktyabr–dekabr oylarida G.Ç. kelini öziga tegişli bir juft tilla zirakni boşqa şaxsga berib yuborganini bilgaç, uning ota-onasini çaqirtirib, bu masalani muhokama qilgan. Şundan keyin kelinini öziga tobe qiliş maqsadida unga muntazam ruhiy bosim ötkazib, şaʼni va qadr-qimmatini kamsituvçi sözlar bilan haqoratlab kelgan.
G.Ç. maktabda farroş bölib işlagan davrida kelinini muntazam ravişda öz örniga işga çiqargan. Unga çiqindilarni tozalaş, pol artiş, suv taşiş va sepiş kabi işlarni qildirgan. Şuningdek, keliniga öğliga munosib emasligini qayta-qayta aytib, aytganini qilmasa, ota-onasinikiga haydaş va öğlini boşqasiga uylantiriş bilan qörqitgan.
Qaynona kelinining telefonini ham olib qöygan. Oqibatda Ye.A. ota-onasi va yaqinlari bilan boşqalarning telefoni orqali gaplaşişga majbur bölgan. G.Ç. esa suhbat vaqtida uning yonida turib, muloqotini nazorat qilgan.
Ye.A. mahalla fuqarolar yiğiniga murojaat qilgan. U qaynonasi bilan kelişa olmayotganini, qilgan işlari unga yoqmayotganini bildirgan. Şuningdek, ota-onasinikida vaqtinça yaşab turiş uçun kiyimlarini mahalla xodimlari hamrohligida olib ketişni söragan. Murojaat yuzasidan dalolatnoma tuzilgan.
2025-yil 28-iyul kuni G.Ç. kelini bilan yana janjallaşib, uning öng köziga urgan, farzandini olib qöygan va özini kaltaklagan. Öşa kuni Ye.A. öz joniga qasd qiliş oqibatida vafot etgan. Sud qaynonaning muntazam tazyiqlari kelinni özini özi öldiriş darajasiga yetkazgan, deb topgan.
Jinoyat işlari böyiça Qamaşi tuman sudining 2026-yil 16-fevraldagi hukmi bilan G.Ç. Jinoyat kodeksi 103-moddasi 2-qismining “a” va “b” bandlari böyiça aybli deb topilgan. Unga nisbatan kodeksning 57-moddasi qöllanib, 5 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan. Ayol sud zalida qamoqqa olingan.
G.Ç.ning himoyaçisi hukm ustidan apellyasiya şikoyati bergan. Apellyasiya instansiyasi 2026-yil aprel oyida hukmni özgarişsiz qoldirgan.


Izoh qoldiriş uçun saytda röyxatdan öting
Kiriş
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter