Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Guliston shahriga kirish har qanday transport vositasi uchun to‘xtatildi.

Guliston shahriga kirish har qanday transport vositasi uchun to‘xtatildi.

Foto: Zamin

Sirdaryo viloyati markazi Guliston shahriga barcha hududlardan kirish har qanday transport vositalari uchun to‘xtatildi. Bu haqda Sirdaryo viloyat IIB xabar berdi.

Viloyat hududiga koronavirus infeksiyasi kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Sirdaryo viloyat maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra 2020 yil 27 mart kuni soat 00:01dan boshlab Guliston shahriga kirish va shahardan chiqish vaqtinchalik to‘xtatildi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad — koronavirus infeksiyasi viloyat hududi bo‘ylab tarqalishining oldini olishdir.

Cheklovlar quyidagi holatlarda tatbiq etilmaydi:

—yuk tashish bilan bog‘liq holatlarga;
— Guliston shahrida doimiy yashovchi (ro‘yxatdan o‘tgan) shaxslarga;
— Guliston shahriga kirish uchun viloyat markazidagi mahalliy davlat hokimiyati organlari davlat hokimiyati organlari, huquq-tartibot idoralari, boshqarma, idora va tashkilotlarda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan rahbar va xodimlarga;
— shifokor va hamshiralar, SEOM xodimlari hamda viloyat tumanlariga biriktirilgan mas’ul xodimlariga.

Guliston shahriga kirish chiqish faqat ikkita yo‘nalish bo‘yicha:

1-yo‘nalish: Guliston shahri, Guliston ko‘chasiga yo‘l o‘tkazgich ko‘priq orqali;
2-yo‘nalish: Guliston shahri, Do‘stlik qo‘rg‘oni, Xondamir ko‘chasida tashkil etilgan karantin postlari orqali — transport vositalari va yo‘lovchilarni dezinfeksiya qilgan holda amalga oshiriladi.

Guliston shahriga boshqa yo‘nalishlardan kirib-chiqish joylari to‘liq yopiladi. Shahar hududiga kirishga qo‘yilgan cheklovlarga va karantin qoidalarini buzgan shaxslarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda choralar ko‘riladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring