Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus va yana vahimali xabarlar. Ular qanchalik haqiqatga yaqin?

Koronavirus va yana vahimali xabarlar. Ular qanchalik haqiqatga yaqin?

Foto: Xabar.uz

Ijtimoiy tarmoqlarda dunyoning qator davlatlarida koronavirusning «Pirola» nomli yangi shtammi keng tarqalyotgani, mazkur mutatsiya Isroil, Kanada, Daniya, Buyuk Britaniya, Janubiy Afrika, Shvetsiya, Norvegiya, Shveysariya, Tailand va AQShda ro‘yxatga olingani haqida xabarlar tarqalmoqda.

Hozirgacha bo‘lgan davrda mamlakatimizda va qo‘shni davlatlarda koronavirusning ushbu shtammi bilan kasallanganlar qayd etilmagan. Bu haqda Sanepidqo‘mita ma’lumot berib o‘tdi. 

Sanepidqo‘mitaning Virusologiya ilmiy-tadqiqot institutida virus genomini o‘rganish (sekvenlash) bo‘yicha o‘tkazilgan so‘ngi tahlillar natijasiga ko‘ra mamlakatimizda kasallanganlarning 100 foizida «omikron» shtammining turli variantlari ekanligi aniqlangan.

Yuqoridagi ma’lumotlardan xulosa qiladigan bo‘lsak, hech qanday xavotirga o‘rin yo‘q, mamlakatimizda epidemik vaziyat barqarorligicha saqlanmoqda, deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring