Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus yuqtirganlar ko‘paymoqda

Koronavirus yuqtirganlar ko‘paymoqda

2022 yil 17 iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 239525 (+90) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 2 nafari Andijon viloyatida,
  • 4 nafari Buxoro viloyatida,
  • 1 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 2 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 7 nafari Toshkent viloyatida,
  • 74 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida

  • Namangan viloyatida 2 nafar,
  • Samarqand viloyatida 1 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 1 nafar,
  • Toshkent viloyatida 9 nafar,
  • Toshkent shahrida 37 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 237599 (+50) nafarga yetgan va sog‘ayish ko‘rsatkichi 99 foizni tashkil etmoqda.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring