Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Koronavirusga chalingan yana bir poytaxtlik bemor vafot etdi

Koronavirusga chalingan yana bir poytaxtlik bemor vafot etdi

Shayxontohur tumanida yashovchi 51 yoshli R.N. (erkak)ni so‘nggi 3-4 kun davomida hansirash bezovta qilgan.

SSV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 4 iyul kuni Toshkent shahar tez tibbiy yordam shifoxonasiga yotqizilgan va «COVID-19» infeksiyasiga namuna olinib, infeksiya bilan kasallanganligi tasdiqlangan. Ko‘krak qafasi rentgen tekshiruvidan o‘tkazilganda ikki tomonlama pnevmoniya aniqlangan.

Davolanish dinamikasida bemorning ahvoli og‘irlashib, nafas yetishmovchiligi va hansirash kuchaygan. Shundan so‘ng u 1-son shahar klinik shifoxonasining reanimatsiya bo‘limiga o‘tkazilgan. Bemor bundan avval epilepsiya kasalligi bilan nazoratda turgan, 2-guruh nogironi.

Shifoxonada bemor bir necha marta Sog‘liqni saqlash vazirligi mutaxassislari tomonidan onlayn rejimida konsultatsiya qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramay, bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi.

Bu mamlakatimizda koronavirus infeksiyasiga chalinib vafot etgan 48-bemordir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring