Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Lukashenko: Belarus koronavirusga qarshi vaksinasini yaratdi

Lukashenko: Belarus koronavirusga qarshi vaksinasini yaratdi

Foto: Aurelien Morissard/Keystone Press Agency/Global Look Press

Belarus olimlari koronavirusga qarshi o‘z vaksinasini ishlab chiqishdi. Bu haqda mamlakat prezidenti Aleksandr Lukashenko aytib o‘tdi, deya xabar bermoqda BelTA.

Uning so‘zlariga ko‘ra, tadqiqotchilar «tirik vaksina»ni yaratishgan, biroq bu nimani anglatishini izohlamagan.

«Kecha biz probirkada o‘zimizning — Belarus vaksinasini oldik. U hozir biz sotib olayotgan vaksinadan farq qiladi. Shifokorlarning aytishicha, u tirik vaksina», — dedi siyosatchi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat rasmiylari shoshilmaydilar va «ertaga kasallik o‘zgarganda» va yangi shtammlar paydo bo‘lganda nima bo‘lishini ko‘rmoqchi.

«Bugun ishlaydigan vaksinalarimiz bor. Rossiya texnologiyalari asosida xitoyliklar sotib olishdi. Ertaga esa biz o‘z vaksinamizni ishlab chiqaramiz. Hozir u probirkada, bizda mavjud shtammlarga moslashtiramiz. Hayot qanday davom etishini kim ham biladi deysiz?!» — deya xulosa qildi Lukashenka.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring