Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabda onlayn ta’lim yo‘lga qo‘yildi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabda onlayn ta’lim yo‘lga qo‘yildi

Foto: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashgan maktab

Joriy yilning 16-mart kunidan barcha davlat va nodavlat ta’lim muassasalarida, shuningdek, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashgan maktabda muddatdan oldin bahorgi ta’til e’lon qilindi.

Ammo o‘quv jarayoni to‘xtagan emas. O‘quvchilar o‘qishni davom ettiraveradi, biroq darslar endi masofaviy, onlayn tarzda o‘tkaziladi. Bu haqda AKT vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktab o‘qituvchilari birgalikda onlayn darslar ishlab chiqdi. O‘quvchilar fanlarni onlayn o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Bundan tashqari, maktab sinf rahbarlari bilan birgalikda har bir o‘quvchi bilan Google Education platformasi orqali individual yondashuv yo‘lga qo‘yilgan. O‘qituvchilar o‘quvchilar bilan o‘zaro masofaviy ta’lim olib bormoqdalar. Bunday imkoniyat o‘quvchilarni qolib ketgan darslarini o‘zlashtirish va o‘z bilimlarini mustahkamlashda yordam beradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring