Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Omikron» shtammi aniqlangani nega oradan ikki kun o‘tib e’lon qilindi?

«Omikron» shtammi aniqlangani nega oradan ikki kun o‘tib e’lon qilindi?

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Xolmamat Norboyev.

O‘zbekistonda «omikron» shtammi aniqlangani nima uchun oradan ikki kun o‘tib e’lon qilindi?

AOKAda o‘tkazilayotgan matbuot anjumanida ushbu savolga Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Xolmamat Norboyev javob qaytardi.

«Samolyotda bemor bilan birga kelgan 200 kishi karantinga olingan. 130 nafar O‘zbekiston fuqarolari uy, 70 nafar xorijiy fuqarolar mehmonxona sharoitida karatinga olingan.

Omicron shtammi, dastlab, 7 yanvar kuni aniqlandi.

Biroq ushbu diagnoz bo‘yicha dunyoning yetakchi mutaxassislari bilan maslahatlashish, uzoq tekshiruvlar o‘tkazish va uni tasdiqlash bilan bog‘liq jarayonlar tufayli uni o‘z vaqtida e’lon qilish imkoni bo‘lmadi va ikki kundan so‘ng jamoatchilikka ma’lum qilindi».

Eslatib o‘tamiz, SSV «omikron» shtammi haqida kecha, 9 yanvar kuni ilk bor xabar berdi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring