Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shuhrat Abdurahmonov noxush statistika keltirdi

Shuhrat Abdurahmonov noxush statistika keltirdi

Shuhrat Abdurahmonov.

Foto: "Vodiy bozor" kanali

Bugun Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov viloyat aholisiga murojaat qilgan.

Qayd etilishicha, hokimning murojaatida bir noxush statistika keltirilgan. Shuhrat Abdurahmonovning so‘zlariga ko‘ra, viloyat bo‘yicha koronavirusga chalingan 90 nafar bemorning 78 nafari tibbiyot xodimlari ekan.

Avvalroq Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov ham aholiga murojaat qilib, «Koronavirus yuqtirganlar oramizda yuribdi, ular kimlar, soni qancha, afsuski, biz bilmaymiz», degan edi.

Shuningdek, ertaga – 13-aprel soat 06:00 dan boshlab Namangan shahri va Uchqo‘rg‘on tumani, shu jumladan, Qayqi qishlog‘i hududida qat’iy cheklovlar joriy qilinishi ma’lum qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring