Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda koronavirusdan o‘lim holati qayd etildi. SSV buni e’lon qilmadi

Toshkentda koronavirusdan o‘lim holati qayd etildi. SSV buni e’lon qilmadi

Illyustrativ foto

Bugun, 16 mart kuni Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi markazi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i Malika Qudratxo‘jayeva Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining o‘ttiz oltinchi sessiya ishtirokchilari qarshisida ma’ruza qilgan.

Mutaxassis keltilgan ma’lumotlarga ko‘ra, poytaxtning uchta tumanida karantin qoidalariga mas’uliyatsizlik bilan yodoshish kasallikning keng tarqalishiga olib kelgani haqida avvalroq xabar bergan edik.

Ushbu ma’lumotlar orasida bir fakt e’tiborimizni tortdi.

Malika Qudratxo‘jayevaning qayd etishicha, 2021 yilning 5 mart kuni Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan ta’lim muassasasi tarbiyachisi M. M.ning qaynotasi Zangiotadagi shifoxonaga koronavirus infeksiyasi tashxisi bilan yetkazilgan va 7 mart kuni vafot etgan. 9 mart kuni janoza paytida mazkur ta’lim muassasasining bir necha xodimlari ishtirok etgan va bu bilan muassasa tarbiyalanuvchilarining sog‘lig‘ini xavfga qo‘ygan.

E’tiborlisi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni, tuzalganlar va vafot etganlar haqida kunlik statistika e’lon qilib turadigan Sog‘liqni saqlash vazirligi mart oyida birorta o‘lim holati haqida ma’lumot bermagan!

SSV statistikasida koronavirusga chalingan bemor vafot etgani haqidagi ma’lumot so‘nggi marta bir oy muqaddam — 10 fevralda berilgan. O‘shanda kasallikdan vafot etganlar soni 622 nafarga yetgani qayd etilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring