Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Vazirlik koronavirus bo‘yicha yangi statistikani taqdim etdi

Vazirlik koronavirus bo‘yicha yangi statistikani taqdim etdi

Foto: Xabar.uz

2021-yil 14-sentyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 166025 (+604) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV xabar berdi. 

Yangi kasallanish holatlarining:

23 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
20 nafari Andijon viloyatida,
12 nafari Buxoro viloyatida,
15 nafari Jizzax viloyatida,
10 nafari Qashqadaryo viloyatida,
7 nafari Navoiy viloyatida,
16 nafari Namangan viloyatida,
51 nafari Samarqand viloyatida,
17 nafari Sirdaryo viloyatida,
12 nafari Surxondaryo viloyatida,
54 nafari Farg‘ona viloyatida,
20 nafari Xorazm viloyatida,
126 nafari Toshkent viloyatida,
221 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shuningdek, 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1169 nafarni tashkil qildi.

14-sentyabr kuni 110 nafar kishida pnevmoniya aniqlanib, jami bemorlar soni 25681 nafarga yetdi. Kecha ularning 274 nafari sog‘ayib, umumiy sog‘ayganlar soni 20346 nafarni tashkil qilmoqda.

Shuningdek, 2 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 208 nafarga yetdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring