Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yana bir nechta bemor koronavirusdan tuzalib chiqdi (foto)

Yana bir nechta bemor koronavirusdan tuzalib chiqdi (foto)

Foto: Hasan Paydoyev / «Xalq so‘zi»

O‘zbekistonda oronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar orasida butkul sog‘ayganlar soni oshib bormoqda. Bugun ulardan yana 8 nafari kasallikdan forig‘ bo‘ldi. Bu haqda SSV axborot xizmati xabar bermoqda.

Tuzalganlar Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov va boshqa mas’ullar ishtirokida Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatildi.

Shunday qilib, ayni paytda koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlardan 38 nafari butkul sog‘aydi.

«Tuzalganlarning kun sayin ko‘payib borayotganida esa, avvalambor, shu sohada faoliyat olib borayotgan fidokor tibbiyot xodimlarining ulkan hissasi mujassam. Shifokorlar bemorlarni davolashda dunyo tajribasi, xususan, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, Germaniya, Janubiy Koreya, Xitoy, Yaponiya kabi qator mamlakatlarning eng nufuzli mutaxassislari tavsiyalaridan foydalanishmoqda. Bundan tashqari, Prezidentimiz topshirig‘iga ko‘ra, har bir bemorga ikki nafardan shu sohada ko‘zga ko‘ringan tajribali mutaxassislar jalb qilinib, standartlar bo‘yicha davolash choralari ko‘rilmoqda», deyiladi SSV xabarida.

Shuningdek, shifokorlar bemorlarni davolash jarayonida mamlakatimizning yetuk pulmonolog, kardiolog, terapevt, endokrinolog, reanimatolog kabi qator mutaxassislar bilan telemuloqot o‘rnatib, ulardan kerakli tavsiyalarni olayotgani ham qo‘l kelmoqda. Tor mutaxassislar bilan hamkorlik bemorlarning holati yuzasidan maslahatlashish, aniq tashxis qo‘yish va davolash imkonini berayapti.

Eslatib o‘tamiz, hozirda nafaqat poytaxtimizda, balki viloyatlarda ham tibbiyot xodimlari koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarning sog‘ayib ketishlari uchun kurashmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring