Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Makkada qolib ketgan o‘zbekistonlikning Vatanga qaytishiga yordam berildi

Makkada qolib ketgan o‘zbekistonlikning Vatanga qaytishiga yordam berildi

Joriy yilning yanvar oyida oila a’zolari bilan ziyorat qilish uchun Saudiya Arabistoniga kelgan va keyinchalik insult tashxisi bilan Makka shahridagi Ibn Sino kasalxonasiga davolanish uchun yotqizilgan I.I.ning O‘zbekistonga qaytishiga yordam berildi.

Gap shundaki, fuqaroning viza muddati tugashi va mamlakatdan chiqib ketishga taqiq qo‘yilgani tufayli Vatanga qaytishga bo‘lgan urinishlari muvaffaqiyatsizlikka uchragan.

Shu vaqt davomida O‘zbekistonning Jidda shahridagi Bosh konsulligi I.I.ning oilasiga zarur maslahat yordamini ko‘rsatgan va diplomatlar Saudiyaning sayyohlik kompaniyalaridan biri bilan hamkorlikda fuqaroni O‘zbekistonga qaytarishida ko‘maklashgan.

«Barcha masalalar hal etilgach, joriy yilning 22-avgust kuni bemorning uyiga parvozi uchun yo‘l hujjatlari rasmiylashtirilib, shifoxonadan Jidda xalqaro ayeroportiga zarur tibbiy asbob-uskunalar bilan yetkazilishi ta’minlandi», – deyiladi «Dunyo» AA xabarida.

Natijada, joriy yilning 23-avgust kuni fuqaro I.I. va uning o‘g‘li J.I. shifokor hamrohligida Toshkentga jo‘natilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring