Yurtimizda koronavirusga chalinganlar soni ko‘paymoqda
2021-yil 4-iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 101436 (+238) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 9 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 4 nafari Andijon viloyatida, 4 nafari Buxoro viloyatida, 6nafari Jizzax viloyatida, 6 nafari Qashqadaryo viloyatida, 2 nafari Navoiy viloyatida, 2 nafari Namangan viloyatida, 24 nafari Samarqand viloyatida, 5 nafari Sirdaryo viloyatida, 3 nafari Surxondaryo viloyatida, 6 nafari Farg‘ona viloyatida, 2 nafari Xorazm viloyatida, 37 nafari Toshkent viloyatida, 128 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasida 21, Jizzax viloyatida 5, Navoiy viloyatida 4, Namangan viloyatida 1, Samarqand viloyatida 35, Surxondaryo viloyatida 1, Farg‘ona viloyatida 4, Toshkent viloyatida 219, Toshkent shahrida 150 bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 97517 (+440) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 696 nafarni tashkil qildi.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3223 nafar bemor davolanmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter