Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Sevimli»da texnik xato tufayli ishqiy sahnalar aks etgan film efirga uzatildi. Telekanal rahbariyati uzr so‘radi

«Sevimli»da texnik xato tufayli ishqiy sahnalar aks etgan film efirga uzatildi. Telekanal rahbariyati uzr so‘radi

Kecha, 15-iyul kuni «Sevimli» telekanalining kechki efirlarida «Hurliqo» filmi efirga uzatildi.

Filmdagi qisqa epizodlarning birida milliy mentalitetimizga mos bo‘lmagan kadrlar aks etgan va ana shu sahna ko‘plab o‘zbekistonlik tomoshabinlarning e’tiroziga va ijtimoiy tarmoqlardagi keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.

«Xabar.uz» muxbiri ushbu masala yuzasidan telekanal rahbariyati bilan bog‘landi.

«Bu — texnik xato tufayli yuz berdi. Filmdagi ayni shu sahnalar kesib tashlanishi lozimligini aytganmiz, ammo texnik xodimning xatosi bilan o‘sha joylari kesilmagan va efirga ketib qolgan.

Albatta, ish bor joyda xato bo‘ladi. Ammo hech kim bu xatoni ataylab qilmaydi. Shuning uchun ham tomoshabinlardan yo‘l qo‘yilgan texnik xatolikni to‘g‘ri tushunishlarini va uzr so‘raymiz», — dedi telekanal rahbarlaridan biri.

Aytish kerakki, «Sevimli» telekanali bugungi kunda yurtimizdagi telekanallar orasida o‘z mavqei va tomoshabiniga ega telekanal hisoblanadi. Yuzaga kelgan texnik xatolik esa ularning ijodiy faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi, degan umiddamiz. Telekanal rahbarlarining tomoshabinlardan uzr so‘ragani ham yurtdoshlarimizga nisbatan bo‘lgan hurmati belgisidir.  

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring