Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Ayol qalbi» – ayol matonati va tuyg‘ulari haqidagi yorqin kinokartina

«Ayol qalbi» – ayol matonati va tuyg‘ulari haqidagi yorqin kinokartina

Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan «Shayxontohur-film» kinostudiyasi tomonidan «Ayol qalbi» badiiy filmi suratga olindi. Kinokartinada shifokor ayol taqdiri xaqida hikoya qilinadi. Film Yangi O‘zbekiston davridagi ayollar hayotidan so‘zlovchi eng yaxshi filmlardan biridir.

Film ijodkorlari
Film ssenariy mualliflari Jamilaxon Po‘latova va Zulfiya Yo‘ldosheva, postanovkachi rejissyor Jamilaxon Po‘latova, postanovkachi operatorlar Dilmurod Turdiboyev va Diyor Ismatov, postanovkachi rassom Erkin Xushmatov, kompozitor Sardor Ergashev. Bir qator mashhur ijodkorlar ishtiroki ham filmni yanada diqqatga sazovor qilgan. Bosh rolni ijro etgan Ra’no Shodiyeva va Dildora Umarovalar timsolida ayolning nozik qalbi ochib berilgan.



Shu bilan birga, Ulug‘bek Yunusov, Zuhra Ashurova, Bilol Isakov, Ra’no Yarasheva, Gulchehra Jamilova, Ulug‘bek Rustamov, Ulug‘bek Xolmetov, Gulruh Pirnazarova, Jamol Valiyev, Mavluda Ahmedova, Mehriddin Rahmatovlar ham filmda muhim epizodlarni ijro etishgan.

Jamilaxon Po‘latova ushbu film haqida: «Kino filmlarimizni tanqid qilayotganlarning, albatta, fikrlarini, takliflarini inobatga olamiz. Ammo ular ham bizni kino olish jarayonimizda qatnashishsa, bu sohaning ishi qanchalik mashaqqatli va og‘irligini his qilishardi. Masalan, men «Ayol qalbi», deya nomlangan serial ustida ishlayapman. Serialda 72 ta personaj bor. Ularning har biri bilan til topishish, ishlashning o‘zi bo‘lmaydi. Kino olish ishi juda mashaqqatli va mablag‘ga borib taqaladigan jarayon. Mana shu tomonlarini ham hisobga olishlaringizni so‘rab qolaman», – degan edi.

Filmning ahamiyati nimada?
Filmning qiymatini turli mezonlarda o‘lchash mumkin. Dizayn, ovoz, aktyorlik mahorati, effektlar, badiiy talqin va hokazolar. Shunga qaramasdan, filmdagi eng asosiy jihat bu uning ijtimoiy yukidir. «Ayol qalbi» mana shunday qiymatga ega filmdir. Filmdagi shifokor ayol (bosh qahramon) obrazi orqali jamiyatdagi yolg‘iz ayollarga bo‘lgan axloqsiz qarash, kasb va oila masalalaridagi nomutanosiblikni ko‘rsata olgan. Dildora Umarova ijro etgan obraz ham munozarali hisoblanadi. Ayol qalbini anglash uchun bu obrazni ham yaxshilab kuzatishga to‘g‘ri keladi.

Ayollar va qizlar muammolari, ularning shaxsiy hayotidagi kamchiliklar, ularning qalbini tushuna olish kabi masalalar yetarlicha tahlil qilingan. Filmni tomosha qilishingizni maslahat beramiz.

Premera tez kunlarda bo‘lib o‘tadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring