Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chingiz Aytmatov tavalludi Toshkentda qanday nishonlanmoqda?

Chingiz Aytmatov tavalludi Toshkentda qanday nishonlanmoqda?

Buyuk adib Chingiz Aytmatov tavalludining 93 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar turkumi boshlandi. 2 dekabr kuni Toshkent viloyati Parkent tumanidagi 33-maktabda shu munosabat bilan fotosurat va kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Shanxay hamkorlik tashkiloti Xalq diplomatiyasi markazi tomonidan, Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi elchixonasi ko‘magida tashkil etilgan ma’rifiy tadbirda o‘quvchilar «Manas» eposi hamda yozuvchining «Momo yer» qissasidan sahna ko‘rinishi namoyish etishdi.

Anjuman doirasida Ch.Aytmatovning noyob fotosuratlari va kitoblari namoyish etildi. Ma’rifiy kecha yakunida Qirg‘iziston elchixonasi maktab kutubxonasiga adib asarlari turkumini taqdim etdi.

Atoqli qirg‘iz adibining qariyb hamma asari o‘zbek tilida nashr etilgan. O‘zbek xalqi va madaniyatiga hamisha ehtirom bilan munosabatda bo‘lgan yozuvchi mamlakatimizning «Do‘stlik», «Buyuk xizmatlari uchun» ordenlari bilan mukofotlangan.

2018 yilda O‘zbekiston prezidenti qarori asosida Chingiz Aytmatov tavalludining 90 yilligini keng nishonlandi. O‘sha yili Toshkent shahrida adibga ehtirom ramzi sifatida haykal o‘rnatildi, poytaxtimiz ko‘chalaridan biriga uning nomi berildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring