Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jerar Deparde O‘zbekiston haqida qanday fikrda?

Jerar Deparde O‘zbekiston haqida qanday fikrda?

Foto: «O‘zbekkino» milliy agentligi axborot xizmati

Taniqli fransuz aktyori Jerar Deparde Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurib, bu yerda amalga oshirilayotgan qurilish-bunyodkorlik jarayonlari bilan tanishdi. Bu haqda «O‘zbekkino» milliy agentligi axborot xizmati xabar berdi.

Tashrif mobaynida Deparde O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Abduhakimov, Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Shoazim Minovarov bilan suhbatlashdi.

«Ushbu markazni barpo etish tashabbusi bilan chiqqan mamlakat Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ushbu yondashuviga qo‘shilaman. Chunki islom dini insonparvarlik qadriyatlarini ulug‘laydi, bu buyuk e’tiqodning zo‘ravonlik va qon to‘kish bilan tenglashtirilishini qoralaydi. Ko‘plab xalqaro ekspertlarning ta’kidlashicha, O‘zbekiston musulmon dunyosi uchun insonparvarlik modelining poydevorini qo‘ymoqda», dedi Deparde.

Aktyor O‘zbekiston azaldan olimlar va buyuk mutafakkirlarni dunyoga keltirgan zamin ekanligini alohida ta’kidladi: «VIII asrdan buyon bu zaminda noyob intellektual muhit yaratilgan. Matematika, tibbiyot va barcha fan sohalarida katta yutuqlarga erishildi. Eng nufuzli hadislar to‘plami — Payg‘ambarning hikmatlari Imom Buxoriy tomonidan tuzilgan. Naqshbandiyning eng katta sufiylik nishoni butun Yevrosiyo bo‘ylab - Bolqondan Indoneziyaga qadar tarqalgan. Ko‘plab taniqli buyuk olimlar Movaraunnahrda yashab kelganlar. Yevropa dunyosining hech bir mamlakati bunday ilmiy markaz bilan faxrlana olmaydi. Bu islomning ma’rifat g‘oyalari targ‘ibotchisi ekanligining yaqqol belgisi emasmi?».

Eslatib o‘tamiz, mashhur fransuz aktyori O‘zbekiston haqida hujjatli film suratga olish uchun Toshkentga kelgan. Filmni suratga olish jarayonlari O‘zbekistonning Toshkent, Samarqand,  Buxoro,  Xiva,  Termiz va Nukus shaharlarida olib boriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring