«Kelajakka qaytib» filmidagi aktrisa vafot etdi
«Kelajakka qaytib» filmida rol ijro etgan amerikalik aktrisa Elza Reyven (haqiqiy ismi Elza Rabinovich) 92 yoshida vafot etdi. Bu haqda «Variety» xabar berdi.
Aktrisa 2-noyabr, dushanba kuni hayotdan ko‘z yumdi. Hozircha o‘lim sabablari haqida ma’lumot berilmagan.
Elza Reyven 1929-yil 21-sentyabr kuni AQShning Janubiy Karolina shtati Charlston shahrida dunyoga kelgan. Kinodagi birinchi rolini Leonard Kastlning «Asal oyi qotillari» filmida ijro etgan. Reyvenning kichik, ammo esda qolarli rollari orasida — Robert Zemekisning «Kelajakka qaytib» filmida minoradagi soatni saqlashga uringan ayol va Styuart Rozenbergning «Amitivill dahshati» filmidagi rieltor missis Taunsend rollari bor.
Aktrisa, shuningdek, televideniyadagi turli loyihalarda qatnashgan. «Omin» loyihasi hamda «Aqlli», «Tez yordam», «Beverli-Xillzlik shahzoda» va «A jamoasi» seriallari orqali tomoshabinlarga yaxshi tanish. U Amerika kinematografiya san’ati va fanlar akademiyasining a’zosi bo‘lgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter