Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar Musulmon donishmandlar kengashiga qabul qilindi

Muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar Musulmon donishmandlar kengashiga qabul qilindi

2024 yil 9 fevral kuni Birlashgan Arab Amirliklarining Abu Dabi shahrida bo‘lib o‘tayotgan Musulmon donishmandlar kengashi yig‘ilishida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari ushbu Kengashga qabul qilinganlari e’lon qilindi.

Musulmon donishmandlari kengashi raisi, Misr Arab Respublikasi Bosh imomi, al-Azhar majmuasi rahbari Shayx Ahmad Toyyib janoblari Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarini ushbu nufuzli kengash a’zoligiga qabul qilish haqidagi qarorni o‘qib eshittirdi.

Ahmad Toyyib janoblari o‘z so‘zida Markaziy Osiyo mintaqasida hozirgi kunda faoliyat olib borayotgan ko‘plab ulamolar orasidan faqatgina O‘zbekiston muftiysi a’zo qilinganiga alohida urg‘u qaratdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring