Ozodbek Nazarbekov Madaniyat vaziri etib tayinlanadi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining barcha qo‘mitalarida yangi tarkibdagi Hukumat a’zoligiga nomzodlarni ko‘rib chiqish va ma’qullash masalalari muhokama qilinayotgani haqida xabar bergan edik.
Ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekovning nomzodi madaniyat vaziri lavozimiga ko‘rsatilgan. U 2017-yilning avgust oyidan buyon madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlab kelmoqda.
Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi etib saylangani munosabati bilan vazir lavozimidan ozod qilinishi haqida taxminlar bildirilayotgandi.
Qayd etish lozim, B.Sayfullayev yaqinda prezident farmoniga ko‘ra senator bo‘lgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter