Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Qirol sher» rejissyori Rojer Allers vafot etdi

«Qirol sher» rejissyori Rojer Allers vafot etdi

Foto: Animation Magazine

«Qirol sher» rejissyorlaridan biri Rojer Allers 76 yoshida vafot etdi.

«Allers men birga ishlagan eng yaxshi insonlardan biri edi. «Qirol sher»ning aql bovar qilmas muvaffaqiyatidan keyin ham kamtarligicha qoldi», — deb yozdi prodyuser Deyv Bossert.

Rojer Allers 1949-yil 29-iyunda Nyu-Yorkda dunyoga kelgan. Arizona universitetini tamomlagan. «Taxt», «Oliver va kompaniya» va «Suv parisi» filmlarini suratga olishda ishtirok etgan.

1994-yilda Rojer Allers va Rob Minkoff taqdim etgan «Qirol sher» multfilmi jahon prokatida 770 mln dollardan ko‘p daromad keltirgan. Qolaversa, u «Oloviddin», «Sohibjamol va maxluq», «Imperatorning sarguzashtlari» va «Inim ayiq» ssenariylari ustida ishlagan.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring