Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qutlibeka Rahimboyevaning ko‘ngil qatidagi gaplari...

Qutlibeka Rahimboyevaning ko‘ngil qatidagi gaplari...

O‘zbekistonda xizmat madaniyat xodimi Qutlibeka Rahimboyevaning mo‘’jazgina, biroq mazmun jihatidan ancha salmoqli «To‘ylar muborak» nomli risolasi katta qiziqish bilan o‘qiladi. «Adolat» nashriyoti chop etgan mazkur to‘plamni bir zarbda o‘qib chiqdim, tassurotlar esa qo‘lga qalam olishga undadi.

Muallif bugunning og‘riqli muammosi ko‘taribdi. Zero, sovchilikdan tortib, to to‘y-hashamgacha va undan keyingi jarayonlarning deyarli har bir nuqtasida qanday yoqimsiz manazaralarga duch kelinayotgani hech kimga sir emas. Qutlibeka opa ular haqida kuyinchaklik bilan so‘z yuritadi. Jumlalar samiyamiyatdan tovlansa, fikrlar zalvori yelkaga og‘ir yuk misol tushadi. Milliy qadriyatlarimizdan uzoqlashib nima topdik? Faqat qayg‘u, alam, g‘urbat... Farzandlarning kamoli, yoshlarning baxtini o‘tkichi moddiyatga bog‘lab, orttirayotganimiz nima? Oilalarda tug‘ilayotgan go‘daklar ertagi kelajak ekanini teran his etyapmizmi? Hashamatlarga haddan ziyod berilib, borgan joyimiz sud idorasi bo‘lmayaptimi? Bundan nainki quda-anda yoki yosh kelin-kuyov, balki butun jamiyat muammo ustiga muammo orttirmayaptimi? Xullas, to‘plamni o‘qiganingiz sari shu va shu kabi savollar sizni o‘ylashga, mushohada qilishga undayveradi, undayveradi...

Qutlibeka opa fikrini zo‘rlab o‘tkazishga urinmaydi, aksincha, oila masalasidagi bugungi muammolarga milliy qadriyatlarimiz nuqtai nazaridan qarab, juda o‘rinli fikrlarni o‘rtaga tashlagani, qaysiki masalada fikr yuritsa, o‘z mulohazalarini bayon qilib, o‘quvchini hamfikrlashga chorlaydi. mullifning quyidagi mulohazalariga e’tibor bering-a: «Hozirgi oilaviy ajralishlarning oz emasligi sababini bir narsada ko‘raman. Sovchilikka borib, fotiha qilingach, 15-20 kunda to‘y bo‘lib ketyapti... Lekin men eslayman: o‘smirligimizda qizlar bir yillab unashtirib qo‘yilardi. Balki, dono bobo, momolarimiz buncha ko‘p vaqtni sinov muddati qilib, belgilashgandir?.. Men ketma-ket fikrlarni o‘rtaga tashlayapman-ku, Sizga bir gapni ta’kidlamoqchiman. Bu-mening fikrlarim, Siz esa endi fikrlay boshladingiz. Balki, qo‘shilarsiz, balki boshqa taklifingiz bordir? deb o‘ylayman, Sizchi, Siz nima deysiz?».

Bir-ikki jumla bilan risolaning bor bo‘yini ko‘rsatib bo‘lmaydi. Uni o‘qigan odamgina muallifning iztiroblari haqida tasavvurga ega bo‘lish mumkin. Aslida Qutlibeka Rahimboyeva o‘zining emas, siz-u biz o‘ralashib qolgan muammolardan iztirob chekmoqda. Ehtimol, mazkur to‘plab Sizning dardlaringizga ma’naviy malham bo‘lar?... Shuningdek, to‘plam «farzandining boshni ikki qilish» taraddusidagi ota-onalarga yaxshi maslakdosh vazifasini o‘tashi ham mumkin.
Xolmo‘min Yodgorov,
Oliy sud raisining o‘rinbosari

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring