Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rayhon qo‘shiq matni, Hulkar Abdullayeva nojoiz kadrlar, «Ummon» yotoqxona sahnasi uchun...

Rayhon qo‘shiq matni, Hulkar Abdullayeva nojoiz kadrlar, «Ummon» yotoqxona sahnasi uchun...

Kollaj: «Xabar.uz»

«O‘zbekkonsert» davlat muassasasi qoshida qo‘shiqlar va ularga ishlangan videokliplar saviyasini baholash Badiiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi joriy yilning 8-may kuni bo‘lib o‘tdi. Kengashda 10 ta xonanda tomonidan 12 ta qo‘shiq va ularga ishlangan videokliplar ko‘rib chiqildi.

Xonanda Farhod Saidov tomonidan ijro etilgan «Ko‘zlaring» deb nomlangan qo‘shiq muhokama etilib, ijro yaxshiligi bois videoklip suratga olish uchun tavsiya berildi. Bu haqda «O‘zbekkonsert» DM xabar berdi.

Foto: «O‘zbekkonsert» DM

Xonandalar Sarvinoz Jo‘rayeva, Muhayyo Umarova, Shuhrat Mahmudov, Yorqinxo‘ja Umarov, Jasur Mavlonovning qo‘shiqlariga tasvirga olingan videokliplarga Kengash a’zolari tomonidan bildirilgan ba’zi juz’iy kamchiliklarni bartaraf etish xonandalarning o‘zlariga va klipmeykerlariga tushuntirilib, ba’zi kadrlardan voz kechish, to‘g‘rilash sharti bilan istisno tariqasida ruxsat berildi.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyevaning «Yurak» (Hamdam Sobirov so‘zi, Jasur Badalboyev) musiqasiga oligan klip qo‘shiq so‘zlari mantiqan mukammal emasligi hamda klipda ayrim kadrlardan nojoiz foydalangani uchun qayta ishlash tavsiya etildi. «Nihol» mukofoti sovrindori Hulkar Abdullayeva tomonidan «Dard» deb nomlangan qo‘shiqning so‘zlari va ijrosi yaxshiligi alohida ta’kidlanib, lekin qo‘shiqqa ishlangan klipdagi kadrlardan nojoiz foylangani bois, ushbu klipni qayta to‘g‘rilash tavsiya etildi.

«Via Marokand» guruhi tomonidan kuylangan, so‘zi va musiqasi Jasur Badalboyevga mansub «Turist» qo‘shig‘i matni sayoz, mantiq va she’riyat talablariga javob bermaydigan bachkana so‘zlar asosida ekanligi va klip kadrlari tushunarsiz holatlar mavjudligi aytildi. Qo‘shiq so‘zlari she’riyat talablariga javob bermagani tufayli rad etilib, xonandalar qo‘shiq so‘zlarini shoirlar bilan qayta to‘g‘rilab, qayta topshirish mumkinligi tavsiya etildi.

«Ummon» guruhining «Oq gulim» deb nomlangan qo‘shig‘i (so‘zi va musiqasi guruhga mansub) tinglandi, bu qo‘shiq ham so‘zlarining mazmunsizligi hamda klip kadridagi «alkogolli ichimliklar, yotoqxona sahnasini olib tashlash» tavsiya etilib, ushbu holatda efirlarga uzatish rad etildi. Muassasa mas’ullariga «Ummon» guruhi xonandalarini keyingi kengashga taklif etish vazifasi topshirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring