Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Savitskiy muzeyi direktori: «Fondimizdagi asarlarning atigi ikki yarim foizini namoyish qilyapmiz» (foto,1-qism)

Savitskiy muzeyi direktori: «Fondimizdagi asarlarning atigi  ikki yarim foizini namoyish qilyapmiz» (foto,1-qism)

Foto:«Xabar.uz»

I.V. Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeyi haqida eshitmaganlar bo‘lmasa kerak. Ushbu muzeyga 1966-yilda asos solingan.  

Muzey direktori Gulbahor Izentayevaning aytishicha, tashkilot fondidagi asarlarning atigi ikki yarim foizi namoyish qilinmoqda. Ya’ni, muzey fondi juda boy va rang-barang. Bu yerda 90 mingdan ziyod eksponatlar bor. 

O‘tgan yilning olti oyiga nisbatan joriy yilning birinchi yarmida muzeyga xorijlik sayyohlarning kelishi 40 foizga o‘sdi. Eng ko‘p sayyohlar Yevropadan ayniqsa, Italiyadan ko‘p kelishmoqda. Mahalliy sayohatchilarning kelishi esa 90 foizga oshdi.

Direktorning aytishicha, eksponatlar namoyishi uchun qo‘shimcha binolar qurish bo‘yicha takliflar berishgan.

«Xabar.uz» axborot-tahliliy portali muxbiri ushbu nodir ob’yektdan fotojamlanma tayyorladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring