Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Taniqli ijodkor salkam 100 yoshida vafot etdi

Taniqli ijodkor salkam 100 yoshida vafot etdi

Foto: Yozuvchilar uyushmasi.

Ijodkor Jo‘raqori Bo‘tako‘z vafot etdi. U salkam 100 yoshni qarshi olgan edi. Bu haqda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi xabar berdi. 

Bo‘tako‘z Amerikaning Virdjiniya shtatida istiqomat qilib kelgan. U 1926 yilda Andijon shahrida tug‘ilib, 1930-yillarda oilasi bilan Tojikistonga, 1935–36 yillarda esa Afg‘onistonga ko‘chib ketgan. 

1950-yillarda Pokistonda yashab yurgan paytlarida urdu tilini o‘rganish uchun har kuni gazeta o‘qigan. Jo‘raqori Bo‘tako‘z 5ta tilda erkin so‘zlasha olgan. 

U "Bo‘tako‘znoma"," Ona tilimni deb", "Bulujuston esdaliklari" va boshqa asarlar muallifi sanaladi. 

Xabar.uz marhumning yaqinlariga hamdardlik bildiradi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring