Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tehron elchixonasida Buxoro burchagi tashkil etildi (foto)

Tehron elchixonasida Buxoro burchagi tashkil etildi (foto)

Foto: Xabar.uz

O‘zbekistonning Tehrondagi elchixonasida Buxoro burchagi tashkil etildi, deya «Xabar.uz»ga ma’lum qildi Buxoro viloyati hokimligi axborot xizmati.

Ta’kidlanishicha, joriy yilning 12 - 15 fevral kunlari Eron Islom Respublikasida «XXVII Xalqaro Tehron turizm yarmarkasi» o‘tkazilgan. Turizm yarmarkasi davomida Buxoro viloyati hokimligi va O‘zbekiston Respublikasining Eron Islom Respublikasidagi elchixonasi rahbariyati tashabbusi bilan elchixona binosida Buxoro burchagi tashkil etilgan.

Buxoro burchagi qadimiy shaharning boy tarixi, ilm-fan va madaniyati, hunarmandchilik va turizm salohiyatini namoyish etuvchi kitoblar, tasviriy san’at asarlari, zargarlik, zardo‘zlik, kashtachilik va yog‘och o‘ymakorligi kabi hunarmandchilik buyumlari bilan to‘ldirilgan. Shuningdek, O‘zbekistonning turizm salohiyatiga oid materiallar bilan jihozlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring