Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xalq baxshisi Shoberdi Boltayev vafot etdi

Xalq baxshisi Shoberdi Boltayev vafot etdi

O‘zbekiston Respublikasi Xalq baxshisi, “El-yurt hurmati” ordeni sohibi Boltayev Shoberdi Boltayevich bugun 81 yoshida vafot etdi.

Shoberdi baxshi Boltayev 1993-yil O‘zbekiston Prezidentining faxriy yorlig‘i, 2002-yil “O‘zbekiston xalq baxshisi” unvoni, 2007-yil “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlandi. 

Shoberdi baxshi Boltayevning repertuaridan “Alpomish”, “Oltin qovoq”, “Ollanazar Olchinbek”, “Kuntug‘mish”, “Suluvxon”, “Sanam gavhari”, “Malla savdogar”, “Oyparcha” kabi dostonlar va “Do‘mbiram”, “Mexmondir”, “Tilar”, “Nima kerak”, “Bilmadi”, “Oypari” kabi termalar o‘rin olgan.

Shoberdi baxshi Boltayev 1999-yildan O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi. 2002-yil “Oyparcha” nomli termasi “Taffakur” nashriyotida, 2019-yil “Malla savdogar” nomli dostoni “Akademiya” nashriyotida chop etildi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring