Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

XXI asrda «Oskar» olgan aktrisalarning reytingi tuzildi

XXI asrda «Oskar» olgan aktrisalarning reytingi tuzildi

«Hamon o‘sha Elis» filmidan kadr.

Foto: Backup Media

Rolling Stone jurnali XXI asrda «Oskar» mukofotini qo‘lga kiritgan aktrisalar reytingini tuzdi.

Ro‘yxatni shakllantirishda ularning san’atga qo‘shgan umumiy hissasi emas, balki aynan mukofotga loyiq ko‘rilgan filmlardagi ijro mahorati hisobga olindi.

«Hamon o‘sha Elis» (Still Alice) filmidagi roli uchun «Oskar» olgan Julianna Mur eng yaxshi aktrisa deb topildi. Aktrisa ushbu kartinada Alsgeymer kasalligining erta bosqichi tashxisi qo‘yilgan lingvistika professori rolini o‘ynagan. «Bu kuchli, ichki kechinmalarga boy ijro bo‘lib, unda ayolning qo‘rquvi, taqdirga tan berishi va g‘azabi Murning og‘riqqa to‘la ko‘zlarida aks etgan», — deyiladi maqolada.

Ikkinchi o‘rinni «Qirolicha» (The Queen) filmida Yelizaveta II rolini ijro etgani uchun «Oskar» bilan taqdirlangan Helen Mirren egalladi. Aktrisa qirolicha obrazini odamovi, vazmin va tabiiy ravishda sovuqqon qiyofada gavdalantira olgan.

«Qirolicha» filmidan kadr.
Foto: Canal+

Uchinchi o‘rinda «Ko‘manchilar yurti» (Nomadland) filmidagi roli uchun taqdirlangan Frensis Makdormand qayd etildi. Uning ijrosidagi samimiylik qahramonning xarakterini, izlanuvchanligini va irodasini mahorat bilan yetkazib bergani ta’kidlangan.

«Ko‘chmanchilar yurti» filmidan kadr.
Foto: Searchlight Pictures

Shuningdek, kuchli o‘nlikka quyidagi aktrisalar kirdi:

  • Emma Stoun («Baxtsiz-baxtlilar» (Poor Things)
  • Juliya Roberts («Erin Brokovich»)
  • Mayki Medison («Anora»)
  • Mishel Yeo («Hamma narsa har yerda va birdaniga»)
  • Keyt Blanshett («Jasmin»)
  • Natali Portman («Qora oqqush»)
  • Holli Berri («Monstrlar bali»)

Ro‘yxatda eng so‘nggi — 25-o‘rinni «Temir xonim» (The Iron Lady) filmida Margaret Tetcher rolini ijro etgan Meril Strip egalladi. «Rolling Stone» nashrining fikricha, Strip o‘z avlodining eng buyuk aktrisasi bo‘lishiga qaramay (uch marta «Oskar» olgan — tahr.), ushbu filmdagi ijrosi karikaturaga o‘xshab qolgan.

«Temir xonim» filmidan kadr.
Foto: Canal+
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring