Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

2025 yilda navoiyxonlik bo‘yicha Prezident sovg‘asi beriladigan tanlov tashkil etiladi

2025 yilda navoiyxonlik bo‘yicha Prezident sovg‘asi beriladigan tanlov tashkil etiladi

Prezident Navoiy viloyatida 2025-yilni «Alisher Navoiy yili» deb e’lon qilishni taklif qildi.

«El-yurtimiz, xususan, Navoiy ahlining ulug‘ ajdodimiz Alisher Navoiy xotirasiga hurmat-ehtiromi cheksiz.

Buyuk bobomiz nomi bilan ataladigan Navoiy viloyati ma’naviy tarbiya, ma’rifiy yuksalish yo‘lida barchaga o‘rnak va namuna bo‘lishi, ta’bir joiz bo‘lsa, yurtimizning ma’naviy brendiga aylanishi zarur», – dedi davlat rahbari.

Ta’kidlanishicha, bu yil doirasida «Hazrat Navoiyni anglash – o‘zligimizni anglash» mavzusida Prezident sovg‘asi uchun respublika tanlovi tashkil etiladi. Har bir mahalla, maktab, oliygohlar va mehnat jamoalarida «Navoiyxonlik kechalari» o‘tkaziladi.

«Yashil makon» loyihasi doirasida viloyatning shahar va tumanlari, qishloqlarida Navoiyga atab yangi bog‘lar, so‘lim xiyobonlar, yashil hududlar tashkil etiladi.

Quriladigan Yangi O‘zbekiston bog‘ida Alisher Navoiyga bag‘ishlab memorial muzey tashkil etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring