Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Agrar sohada o‘qiyotgan litsey o‘quvchilariga OTM qabulida imtiyoz berilishi mumkin

Agrar sohada o‘qiyotgan litsey o‘quvchilariga OTM qabulida imtiyoz berilishi mumkin

Qishloq xo‘jaligi vazirining «Agrar sohadagi oliy ta’lim muassasalari qoshidagi akademik litseylarning bitiruvchilarini ushbu oliy ta’lim muassasalariga yakka tartibda suhbat o‘tkazish orqali o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida»gi buyrug‘i loyihasi ishlab chiqildi.

Qayd etilishicha, mazkur buyruq loyihasi Prezidentning 2023-yil 7-iyuldagi PQ-216-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan va bunda agrar sohadagi oliy ta’lim muassasalari qoshidagi akademik litseylar bitiruvchilarining oliy ta’lim muassasalariga kirishi ulushini oshirish belgilangan.

Yuqoridagilarga asosan agrar sohadagi oliy ta’lim muassasalari qoshidagi akademik litseylarning bitiruvchilarini ushbu oliy ta’lim muassasalariga yakka tartibda suhbat o‘tkazish orqali o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlanmoqda.

Yakka tartibdagi suhbat Suhbat komissiyasi tomonidan o‘tkaziladi.

Komissiya belgilangan mezonlardan kelib chiqqan holda abituriyentga savollar beradi. Savollar ro‘yxati akademik litsey o‘quv dasturlari doirasida shakllantiriladi hamda Oliy ta’lim muassasasi rektori tomonidan tasdiqlanadi.

Tasdiqlangan savollar ro‘yxati Oliy ta’lim muassasasining rasmiy veb-saytiga yakka tartibdagi suhbat boshlanishidan kamida o‘n besh kun avval joylashtiriladi.

Bitta abituriyent bilan yakka tartibdagi suhbat 45 daqiqagacha davom etishi mumkin.

Yakka tartibdagi suhbat natijalari 100 ballik tizimda ballar qo‘yish yo‘li bilan baholanadi. Har bir mezon bo‘yicha maksimal ball 25 ballni tashkil etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring