Aholini ro‘yxatga olish: «Yer maydoni va chorva mollari sonini ko‘rsatdik, ertaga soliqchi kelmaydimi?»
Milliy statistika qo‘mitasi matbuot kotibi Usmon Abdurasulov ahol va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonlari bilan bog‘liq ayrim savollarga javob berdi.
Jumladan, aholidan, platformada qishloq xo‘jaligi bo‘yicha yer maydoni va chorva mollari soni ko‘rsatilayotgani, shu asosda esa ular keyinchalik qo‘shimcha soliqqa tortilishi mumkin yoki yo‘qligi haqida savol kelib tushgan.
«Yo‘q, aslo bunday holat yuzaga kelmaydi. Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonida berilgan barcha ma’lumotlar qonunga asosan maxfiy saqlanadi hamda soliqqa tortish yoki tekshiruv o‘tkazish uchun ishlatilmaydi. Savolnomada ko‘rsatilgan javoblar boshqa idoralarga taqdim etilmaydi.
Ro‘yxatga olishda to‘plangan ma’lumotlar faqat umumiy statistik tahlil uchun xizmat qiladi. Ya’ni, qancha yer bor, qancha chorva mavjud — bular alohida shaxs yoki xonadon kesimida emas, umumlashgan holda e’lon qilinadi.
Shu bois, savolnomani xavotirsiz va to‘liq to‘ldirishingiz mumkin», – deydi Statqo‘m rasmiysi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter