Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Aliya Yunusova bolalar ombudsmani lavozimidan iste’foga chiqmoqchi

Aliya Yunusova bolalar ombudsmani lavozimidan iste’foga chiqmoqchi

Ombudsmanning o‘rinbosari – Bola huquqlari bo‘yicha vakil Aliya Yunusova o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida «mavjud vaziyat» sabab ishdan ketayotganini ma’lum qildi.

«Mavjud vaziyatdan kelib chiqib, men bolalar huquqlari bo‘yicha vakil sifatidagi faoliyatimni to‘xtatayotganimni ma’lum qilaman», – deydi u o‘tgan faoliyati davomida qo‘llab-quvvatlagan, unga yaqindan yordam bergan barchaga o‘z minnatdorchiligini izhor etib.

2005−2020-yillarda Parlament quyi palatasi deputati bo‘lgan Aliya Yunusova nomzodi senatorlar tomonidan 2020-yilning 28-fevralida O‘zbekiston ombudsmani o‘rinbosari, Bola huquqlari bo‘yicha vakil lavozimiga ma’qullangan edi.

O‘z navbatida, Aliya Yunusova postida «mavjud vaziyat»ni izohlamagan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring