Andijonda obodonlashtirish xodimi halok bo‘lgani aytilmoqda
![Andijonda obodonlashtirish xodimi halok bo‘lgani aytilmoqda](https://xabar.uz/static/crop/8/5/920__95_853719098.jpg)
Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati Marhamat tumanida yarim kechasi majburiy mehnatga jalb qilingan obodonlashtirish xodimlaridan biri YTH oqibatida vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Marhamat tumani hokimligi rasmiy ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, haqiqatdan ham 25 aprel kuni soat taxminan 22:30 larda «Matiz» rusumidagi davlat raqami 40*531** bo‘lgan avtomobil Marhamat-Quva avtomobil qatnov yo‘lining Quva yo‘nalishida harakatlanish vaqtida ikki fuqaro A.J. va E.B.larni urib yuborgan.
Tarmoqlarda bu ikki fuqaro kechasi majburiy mehnatga jalb qilingan obodonlashtirish xodimlari ekanligi va ulardan biri halok bo‘lgani aytilmoqda.
Ammo hokimlik YTHda qatnashgan fuqarolarning sog‘lig‘i va ular haqiqatda obodonlashtirish xodimi ekanligi haqida aniq ma’lumot bermagan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Marhamat tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter