Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Avtomobillarga ekostiker berish muddati o‘zgardi

Avtomobillarga ekostiker berish muddati o‘zgardi

Hukumatning joriy yil 3-iyuldagi qarori bilan 2024-yil 29-martdagi 166-son qarorga o‘zgartirish kiritildi. Unga ko‘ra, barcha toifadagi avtomototransport vositalariga ekologik stikerlarni joriy etish muddatlari yangilandi.

Ya’ni, avtomobillar uchun ekostikerlarni joriy etishning avvalgi – 2024 yilning 1 iyun muddati 2025 yil 1 martga o‘zgartirildi.

2025-yil 1-martdan boshlab transport vositalarining me’yoriy hujjatlarga muvofiqlik darajasini aniqlash va ekologik stikerlar berish boshlanadi.

Bundan tashqari, 2025-yil 1-yanvariga qadar ekologik zonalar haqidagi umumlashgan ma’lumotlardan iborat O‘zbekistonning atmosfera havosi bo‘yicha dinamik elektron ekologik xaritasi ishlab chiqiladi.

Ekologik zonalar hududida va ularga kirish joylarida aholini qulay tarzda xabardor qiluvchi belgilar o‘rnatiladi. Ma’lumotlar elektron platformalarda e’lon qilib boriladi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring